• Агентство космических исследований и технологий при Кабинете Министров Республики Узбекистан
Korrupsiyaga qarshi kurash


Korrupsiyaga qarshi kurash aloqa kanallari toʻgʻrisida maʼlumot

Ishonch telefoni

+998 55 502 10 43

Elektron pochta manzili

st046253@mail.ru

Telegram

@kamarov_byuro

Facebook sahifa

https://www.facebook.com/uzbspace


 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi Odob-axloq, mehnat nizosi
va korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi TARKIBI

 

Sh.M. Kadirov                       - Bosh direktor vazifasini bajaruvchi, komissiya raisi

Komissiya aʼzolari:

Lavozimi boʻyicha                 - Bosh direktor oʻrinbosari

M.S. Ibragimov                      - Aerokosmik faoliyat va kosmik monitoring tizimini rivojlantirish bo‘limi boshligʻi

S.I. Xashimov                        - Kosmik sohada tadqiqotlar va ilm-fanni rivojlantirish bo‘limi boshligʻi

A.A. Saidov                           - Buxgalteriya va moliya boʻlimi boshligʻi

B.R. Kamarov                        - Yuridik xizmat Bosh yuriskonsulti

Lavozimi boʻyicha                 - Personal bilan ishlash xizmati bosh mutaxassisi, xodimlarning odob-axloqi va mehnat nizosiga oid masalalar boʻyicha kotib.

 

*Izox: Komissiya aʼzolaridan biri boshqa ishga oʻtganda uning oʻrniga tayinlangan yoki uning vazifalarini bajaruvchi shaxs Komissiya aʼzosi vazifasini bajaradi.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi Odob-axloq, mehnat nizosi
va korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi toʻgʻrisidagi NIZOM

 

1-bob. Umumiy qoidalar.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik)ning Odob-axloq, mehnat nizosi va korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda – Komissiya) Agentlik xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida soha xodimlarining
odob-axloq qoidalari buzilishi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish uchun tuziladi.

2. Komissiya faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Agentlikning buyrugʻi va va farmoyishlariga hamda ichki hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

3. Komissiya komissiya raisi va aʼzolarini qoʻshganda oʻn bir kishidan kam boʻlmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Bunda, Komissiya ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq tarkibda lavozimi boʻyicha shakllantiriladi va doimiy ravishda faoliyat koʻrsatadi.

Agentlikning Kadrlar boʻlimi Komissiya ishchi organi hisoblanadi.

 

2-bob. Komissiyaning vakolatlari.

4. Komissiya oʻz vakolatlari doirasida:

- xodimlar tomonidan odob-axloq qoidalariga, shuningdek, umumqabul qilingan odob-axloq normalariga rioya etilishi masalalarini koʻrib chiqadi;

- xodimlar oʻrtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

- Odob-axloq qoidalarining buzilishi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan xodimga nisbatan oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi xulosalarini oʻrganib chiqadi va Odob-axloq qoidalarining buzilishi mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida tegishli xulosa chiqaradi;

- Odob-axloq qoidalari buzilgan deb topilgan holatlar yuzasidan intizomiy jazo chorasi qoʻllash toʻgʻrisida taklif kiritadi yoki xodimga nisbatan kelgusida Odob-axloq qoidalarini buzish holatlariga yoʻl qoʻymasligi toʻgʻrisida ogohlantirish bilan cheklanadi;

- Odob-axloq qoidalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

- Agentlik rahbariyati topshirigʻiga muvofiq xodimlar tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya etilishi holatini oʻrganib chiqadi, uning natijalari haqida rahbariyatni xabardor qiladi.

Komissiya ushbu Nizom va Agentlikning boshqa ichki hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida taʼqiqlanmagan boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.

5. Komissiya boshqa davlat organlari, mansabdor shaxslar va jamoatchilik bilan hamkorlik qiladi.

 

3-bob. Komissiya ishini tashkil etish.

6. Komissiya majlislari Odob-axloq qoidalarining buzilishi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan xodimga nisbatan oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi xulosalari taqdim etilgandan soʻng, uzogʻi bilan bir ish kuni muddatida, Komissiya vakolatiga bogʻliq boshqa masalalar boʻyicha zaruratga koʻra oʻtkaziladi.

7. Komissiya majlisini Komissiya raisi, u yoʻqligida esa, uning topshirigʻiga binoan Komissiya aʼzolaridan biri olib boradi. Komissiya majlisida bayonnoma yuritiladi, uni raislik qiluvchi va majlis kotibi imzolaydi.

8. Komissiya majlislari, agar ularda Komissiya aʼzolari umumiy sonining yarmidan koʻpi hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.

9. Komissiyaga Odob-axloq qoidalari buzilishi haqidagi materiallar kelib tushgandan soʻng Komissiya raisi uning aʼzolarini majlis oʻtkazilishi haqida xabardor qiladi.

10. Komissiya koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan Komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.

11. Komissiya raisi:

- Komissiya ishini tashkil etadi;

- Komissiya majlislarini chaqiradi va oʻtkazadi;

- Komissiya aʼzolariga topshiriqlar beradi;

- boshqa organlar, mansabdor shaxslar va jamoatchilik bilan munosabatlarda Komissiya nomidan ish koʻradi;

- zarurat boʻlganda Agentlik majlislarida Komissiya faoliyati toʻgʻrisidagi axborot bilan soʻzga chiqadi;

12. Komissiya aʼzosi Komissiya majlisida hozir boʻlishi va oʻziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi shart.

Komissiya aʼzosi Komissiya majlisida hozir boʻlish imkoni boʻlmaganda Komissiya raisi yoki ishchi organni oldindan xabardor etishi lozim.

13. Komissiya aʼzosi:

- Komissiya tomonidan koʻrib chiqiladigan barcha masalalar boʻyicha ovoz berishga;

- Komissiyaning koʻrib chiqishi uchun masalalar va takliflar kiritishga;

- Odob-axloq qoidalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar, xodimlar oʻrtasida qoidabuzarliklarning oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishda, muhokamasida, qabul qilinishida, shuningdek, ularning amalga oshirilishini tashkil etish hamda bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etishga;

- koʻrib chiqilayotgan masalaga doir hujjatlar, maʼlumotnomalar va boshqa zarur axborot bilan tanishib chiqishga;

- Komissiya qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda oʻz fikrini bayon etishga haqli.

Komissiya aʼzosi ushbu Nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taʼqiqlanmagan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

 

4-bob. Odob-axloq qoidalari buzilishi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish tartibi.

14. Komissiya Odob-axloq qoidalari buzilishlari bilan bogʻliq masalalarni:

- Agentlik rahbariyatining topshirigʻiga binoan;

- oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi xulosasiga binoan;

- oʻz tashabbusi bilan koʻrib chiqadi.

Komissiya tomonidan masalalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va Agentlikning tomonidan ijro intizomi boʻyicha qabul qilingan idoraviy hujjatlarga muvofiq muddatlarda koʻrib chiqiladi.

15. Xodim oʻzining huquqi, shaʼni va qadr-qimmati, ishchanlik obroʻsiga daxl qiladigan asossiz ariza taqdim etilgan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq xizmat tekshiruvi xulosasi Komissiya tomonidan koʻrib chiqilishi jarayonida ularni himoya qilishga haqli.

16. Komissiya majlisiga, xodimga intizomiy jazo chorasi qoʻllash yoki uni ogohlantirish boʻyicha bir toʻxtamga kelish maqsadida xulosa qilishda, oʻziga nisbatan masala koʻrib chiqilayotgan xodim, zarur boʻlgan hollarda (taraflarni yarashtirish imkoniyati boʻlgan, xodim oʻz xohishi bilan oshkora uzr soʻragan va boshqa hollarda) murojaat mualliflari, shuningdek, boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.

Komissiya majlisining vaqti va joyi haqida tegishli ravishda xabardor etilgan shaxslarning kelmasligi mazkur masalani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.

17. Komissiya majlisida:

- kun tartibidagi masala Komissiya raisi tomonidan eʼlon qilinadi;

- Odob-axloq qoidzalari buzilganligi toʻgʻrisidagi xizmat tekshiruvi xulosasi oʻqib eshittiriladi;

- zarur boʻlgan hollarda Odob-axloq qoidalari buzilganligi boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkazilgan xodim hamda murojaat mualliflari eshitiladi.

18. Xodim Komissiyaga oʻz huquqlari himoyasi uchun materiallar hamda boshqa axborotni taqdim etishga haqli.

19. Xizmat tekshiruvi materiallari bilan tanishib chiqish yakunlari boʻyicha Komissiya xodimning harakatlarida Odob-axloq qoidalarining buzilishi faktining mavjudligini, xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi turini yoki ogohlantirilishini yoxud Odob-axloq qoidalari buzilishi faktining mavjud emasligini belgilaydi va tegishli qaror qabul qiladi.

Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanib, Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.

20. Agentlikning Odob-axloq qoidalarining xodim tomonidan buzilganligi fakti aniqlangan taqdirda, Komissiya:

- yoʻl qoʻyilgan qoidabuzilishning xususiyati, qay darajada ogʻir ekanligi, shu xatti-harakat sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi ishi va xulq-atvorini hisobga olgan holda xodimga nisbatan kelgusida Agentlikning Odob-axloq qoidalarini buzish holatlariga yoʻl qoʻymasligi toʻgʻrisida ogohlantirishga;

- xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllash haqida Agentlik rahbariyatiga taklif kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.

21. Komissiya qabul qilingan qaror haqida oʻziga nisbatan masala koʻrib chiqilgan xodimga va Agentlik rahbariyatiga yozma ravishda maʼlum qiladi.

22. Komissiya qarori ustidan Agentlik rahbariyatiga shikoyat qilish mumkin. Agentlik rahbariyati Komissiya qarorini bekor qilishga va oʻz vakolati doirasida boshqa qaror qabul qilishga haqli.


Me`yoriy-huquqiy baza
 

 

Korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga oid javobgarliklar

Sana: 07.04.2023

Korrupsiyaviy xavf-xatarlar

Sana: 07.04.2023

Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

Sana: 06.07.2021

Raqami: PQ-5177

Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Sana: 06.07.2021

Raqami: PF-6257

O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

Sana: 29.06.2020

Raqami: PF-6013

O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Sana: 27.05.2019

Raqami: PF-5729

O`zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida"gi qonuni

Sana: 03.01.2017

Raqami: O`RQ-419-son

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tuzilmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatiga oid normativ hujjatlar va boshqa ma‘lumotlar


Korrupsiya xavf-xatariga eng koʻp moyil boʻlgan lavozimlar

ROʻYXATI

 

Tashkilot tuzilmasi nomi

Lavozim

Vakolatlari

1

Buxgalteriya va moliya boʻlimi

Boʻlim boshligʻi

1. Valyutalarni konvertatsiya qilish va chet eldagi tegishli tashkilotlarga oʻtkazish va ularning hisob-kitob ishlarini toʻgʻri yuritilishini taʼminlash.

2. Monitoring va tushumlar tahlili boʻyicha uslubiy rahbarlikni amalga oshirish, monitoring va tushumlarni tahlil qilish.

3. Davlat byudjeti va boshqa manbalar hisobidan ajratilgan mablagʻlarning sarflanishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshirish.

4. Moddiy-tovar boyliklarning, texnika, bino va inshootlarning, shuningdek, boshqa mol-mulklarning hisob-kitobini yuritadi, shu jumladan, ularni hisobdan chiqaradi, qayta baholash ishlarini amalga oshiradi, yetkazib berilgan mahsulotlarda kamomad, yaroqsiz va sifatsiz holatlar aniqlanganda, ular yuzasidan daʼvo arizalari tayyorlaydi.

 

 


 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish

DASTURI

 

I. Umumiy qoidalar

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish Agentlikning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Agentlik faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taminlash boʻyicha barcha yoʻnalishlarda korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, chek qoʻyish, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, Agentlik tizimida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish dasturini (keyingi urinlarda - Dastur) qabul qilish va amalga oshirish zaruriyatini takozo etdi.

 

II. Dasturning asosiy maqsadi va vazifalari

 

1. Agentlik tizimida konuniylikni taʼminlash, xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar tuknashuviga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish Dasturning asosiy maqsadidir.

2. Quyidagilar Agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

korrupsiyani keltirib chiqaruvchi xavfni baholash va boshqarish;

xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, tizimda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlashga, ularni oldini olishga va chek qoʻyishga, oqibatlarini, shuningdek ushbu illatlarga imkon beruvchi sabablar va
shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora- tadbirlar samaradorligi oshirilishini taʼminlash:

korrupsiyaning holati va tendensiyalari tugʻrisidagi axborotni yigʻish hamda tahlil etish.

 

III. Dasturning asosiy yoʻnalishlari

1-bob. Agentlik tizimining barcha soxalarida korrupsiyaning oldini olishga doir tashkiliy chora-tadbirlar

 

3. Agentlik tizimida korrupsiyani keltirib chikaruvchi xavfni aniqlash va boshqarish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

4. Agentlikning rasmiy veb-saytida vakant ish oʻrinlari hamda nomzodlarga qoʻyilgan talablar xaqida maʼlumotlar joylashtirib borilishini taminlash.

5. Xodimlarining attestatsiyadan oʻtkazilish jarayonida jamoatchilik vakillari ishtirokini, shuningdek, onlayn tarzda oʻtkazilishini joriy qilish orqali shaffoflikni taʼminlash.

6. Agentlikda uzoq vaqt davomida bitta lavozimda ishlab kelayetgan xodimlarni aniqlash va ularni boshqa lavozimlarga oʻtkazish boʻyicha ichki rotatsiyani amalga oshirib borish boʻyicha takliflar tayyorlash.

7. Xodimlarning ijtimoiy ahvolini oʻrganib borish tizimini joriy etish. Bunda kam taʼminlangan, nogironligi boʻlgan va koʻp bolali xodimlar roʻyxatini shakllantirish va ularning holidan habar olib turish hamda zaruriyatga koʻra, moddiy jihatdan taʼminlash choralarini koʻrib borish boʻyicha takliflar tayyorlash.

8. Davlat xaridlari boʻyicha har bir tovar pozitsiyasi kesimida xarid narxlarini viloyatlar va respublika boʻyicha tahlil qilib borish, narxlarni eng maqbul boʻlishiga erishish.

9. Xodimlarga haq toʻlash va hisob- kitoblarning toʻgʻriligini monitoring qilish imkoniyatini yaratish, xodimlar uchun shikoyatlar berish imkoniyatini kengaytirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

10. Agentlik va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻlik maʼlumotlarni (davlat xaridlari bilan bogʻlik shartnomalar roʻyxatini) agentlik veb-saytida eʼlon qilib borish.

 

2-bob. Agentlik tizimida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish

 

11. Agentlik tizimida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan, xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha axborot-taxliliy materiallarni tayyorlash va tarqatish.

12. “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” tadbirlarni tashkil qilish.

 

3-bob. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniklash, ularga chek qoʻyish hamda imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid xukukbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash

 

13. Agentlikning veb-saytida shikoyat qilish imkonini beruvchi sahifa ochish, kelib tushgan shikoyatlarni muntazam tahlil qilish va natijalari boʻyicha asoslantirilgan takliflar tayerlash mexanizmini yoʻlga qoʻyish.

14. Agentlik va tashkilotlar maʼmuriy binolarada jismoniy va yuridik shahslar yoki ularning vakillarini qabul qilishda video va audioga yozib olish tizimini joriy etish orqali shikoyatlar kelib tushishini oldini olish boʻyicha takliflar tayyorlash.

15. Agentlik xodimlari bilan har yarim yilda kamida bir marta profilaktik suhbatdan oʻtkazish tartibini joriy etish.

16. Agentlik mansabdor shahslari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaga oid
xatti-harakatlar hakida xabar bergan shahslarni mukofotlash tartibini joriy etish.

 

IV Dasturning qabul qilinishidan kutilayotgan natijalar

 

17. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish dasturini amalga oshirishdan quyidagi natijalar kutilmoqda:

Agentlik tizimida korrupsiya, manfaatlar toʻqnashuvi va boshqa huquqbuzarliklarning oldi olinishi;

Agentlik faoliyatining ochiqligiga erishilishi va zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosiga nisbatan xodimlar masʼuliyatining yanada ortishi;

xodimlarining kasbiy hamda xizmatdan tashqari faoliyatdagi odob-axloqini yuksalib borishi;

Agentlik faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning samaradorligini taʼminlash.

 

V Yakuniy qoidalar

 

18. Mazkur Dastur talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.