Gender tenglik
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-Kengashi tarkibi
F.I.SH.
|
Lavozimi
|
Sh.M. Kadirov
|
“O‘zbekkosmos” agentligi direktori, Kengash raisi |
Kengash aʼzolari:
|
Z.Ergasheva |
Kosmik sohada qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va takomillashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi, Kengash raisi o‘rinbosari |
S.I. Xashimov
|
Kosmik sohada tadqiqotlar va ilm-fanni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, Agentlik kasaba uyushmasi qo‘mitasining raisi |
S.Abduazizov |
Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis |
N.Fayzullayeva |
Axborot-tahlil, ijro intizomi va murojaatlar bo‘yicha bosh mutaxassis, Kengash kotibi |
Izoh: 1. Kengash tarkibiga qoʻshimcha xodimlar jalb etilishi mumkin.
2. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan yoki egallab turgan lavozimidan ozod etilgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Maslahat–kengashining asosiy vazifalari
- xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash borasidagi davlat dasturlari, milliy harakatlar rejalari va strategiyalarni amalga oshirish yuzasidan Agentlik rahbariyatiga o‘z takliflarini beradi;
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda ayollarga berilgan imtiyozlarning Agentlikda yaratilganlik holatini o‘rganadi va uning natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
- ichki idoraviy hujjatlarni tahlil qilish orqali aniqlangan gender tengsizlikni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va Agentlik Yuridik bo‘limiga taqdim etadi;
- xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratilishi yuzasidan faoliyat jarayonini monitoring qiladi, baholaydi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqadi va Agentlik rahbariyatiga taqdim etadi;
- ishga kirish maqsadida murojaat qilgan nomzodlar bilan o‘tkaziladigan suhbat yoki boshqa jarayonlarda, ish beruvchi tomonidan vazifa va lavozimlarga tayinlashda hamda kadrlar zaxirasini shakllantirishda gender tenglikni ta’minlash choralarini ko‘radi;
- rahbarlik lavozimlariga iqtidorli, talabchan va mas’uliyatli ayollar nomzodlarini tavsiya qilinishini ta’minlaydi;
- xodimlarni ish joyidagi zo‘ravonlikka barham berishga qaratilgan faoliyatni olib boradi va bunday holatlarning oldini olish choralarini ko‘radi;
- davlat mukofotlari va ko‘krak nishonlariga tavsiya qilish hamda rag‘batlantirishda gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha Agentlik rahbariyatiga takliflar kiritadi;
- xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
- bir xil lavozimlarda ishlayotgan xotin-qizlar va erkaklarga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlar teng to‘lanishini monitoring qiladi;
- gender tenglikni ta’minlash madaniyatini shakllantirish maqsadida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib boradi;
- boshqa tashkilotlar bilan gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-Kengashi Nizomi (yuklab olish)
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-Kengashining umumiy yig‘ilish bayoni (2023-yil 10-yanvar 1-son bayoni)
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-Kengashining umumiy yig‘ilish bayoni (2023-yil 3-aprel 2-son bayoni - I chorak)
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-Kengashining umumiy yig‘ilish bayoni (2023-yil 3-iyul 3-son bayoni - II chorak)
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Maslahat-Kengashining umumiy yig‘ilish bayoni (2023-yil 5-oktabr 4-son bayoni - III chorak)
Me’yoriy-huquqiy baza
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida
Sana: 19.08.2019
Raqami: O‘RQ-562
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Sana: 31.03.2022
Raqami: 145
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida
Sana: 02.09.2019
Raqami: O‘RQ-561
Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida
Sana: 07.03.2019
Raqami: PQ-4235
Ishonch telefoni va elektron pochtasi
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarning buzilishiga doir omillarni keltirib chiqaruvchi vaziyatlar va holatlarga duch kelsangiz, quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling yoki elektron pochta manziliga xabar yuboring:
Telefonlar: +998 55 502-50-22
E-mail: info@uzspace.uz