- Asosiy
- Vazifalar va funksiyalar
Vazifalar va funksiyalar
- kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati va strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- O‘zbekiston Respublikasida kosmik tarmoqni rivojlantirishning davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- kosmik faoliyat, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
- kosmik faoliyat sohasining lozim darajada rivojlanishi, sohaga tegishli va u bilan bog‘liq ishlar, xizmat ko‘rsatishning bajarilishini ta’minlash maqsadida kosmik faoliyat sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
- kosmik tarmoq infratuzilmasi, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar, ilmiy-izlanish, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlarni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- kosmik faoliyatning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni, jumladan yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
- stratosfera va boshqa uchuvchisiz uchish apparatlari, shuningdek erni masofadan turib zondlash va yo‘ldoshli aloqa kosmik apparatlarini qo‘llagan holda davlat organlariga masalalarni hal etish samaradorligini oshirishda ko‘maklashish;
- kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
- xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni kosmik faoliyat sohasiga, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari, donor-mamlakatlar, kompaniyalar va banklar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
- kosmik va yo‘ldosh texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy tijorat tuzilmalari, ishlab chiqaruvchilar va moliya resurslarining keng jalb etilishini ta’minlash;
- kosmik faoliyatning ayrim yo‘nalishlari tijoratlashtirilishini rag‘batlantirish.
Davlat kosmik monitoringini amalga oshirish doirasida “O‘zbekkosmos” agentligiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilgan:
- kosmik suratlarni qayta ishlash va tahlil qilish orqali iqtisodiyot sohalarida qonun buzilishi holatlarini aniqlash;
- davlat kosmik monitoringini amalga oshirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- tegishli vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan monitoring jarayonlarida kosmik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha takliflarni tayyorlash;
- sohaviy tegishliligi bo‘yicha vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan monitoring jarayonlarida kosmik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ishlarni muvofiqlashtirish;
- sohalarda vazirlik va idoralar tomonidan kosmik texnologiyalarni qo‘llash darajasini monitoring qilish va ularning joriy etilishini jadallashtirish.
“O‘zbekkosmos” agentligi kosmik faoliyatni rivojlantirish sohasida belgilangan vazifalarni bajarish doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- kosmik sohasidagi faoliyat davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi;
- kosmik tarmoqning tashkiliy-amaliy, moliya-resurs bazasini doimiy takomillashtirishga yo‘naltirilgan kosmik faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari sohasida, jumladan, ilmiy-texnik va investitsiya siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirish, shuningdek, kosmik infratuzilma obyektlarini yanada rivojlantirish va ularning xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash bo‘yicha davlat siyosatini shakllantirish va samarali amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
- kosmik faoliyat masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, texnik reglamentlar, davlat standartlari, davlat va sohaga oid statistika hisoboti shakllari va “O‘zbekkosmos” agentligi vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha boshqa idoralararo hujjatlarni tayyorlaydi va belgilangan tartibda kiritadi;
- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va boshqa muassasalar bilan birgalikda kosmik faoliyat sohasida, shu jumladan raketa-kosmik texnologiyalar sohasida fundamental tadqiqotlar, ilmiy tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlar loyihalarini ishlab chiqadi;
- Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda axborot texnologiyalari kosmik kommunikatsiyalaridan foydalanish sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi, tarmoq dasturiy mahsulotlarining ishlab chiqilishini va joriy etilishini tashkil etadi;
- boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda milliy telekommunikatsiya yo‘ldoshining ishga tushirilishini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining kosmik aloqa kompleks tizimi loyihasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
- iqtisodiyot, fan, mudofaa va xavfsizlikning muhim sohalari faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududini kosmos orqali masofadan zondlash, Yerni masofadan zondlash milliy yo‘ldoshining ishga tushirilishini ta’minlaydi;
- xalqaro talablarga mos keluvchi kosmik tarmoq obyektlarini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqadi;
- O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyot, fan, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha turli sohalar manfaatlarida zamonaviy yo‘ldoshli navigatsiya tizimidan foydalanadi;
- O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati va xavfsizligi uchun mas’ul tuzilmalarning maxsus buyurtmalariga binoan ishlarni amalga oshiradi;
- O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining turli tarmoq sohalarida kosmik tarmoq yutuqlari va imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirishga ko‘maklashadi;
- fundamental va amaliy fanlarni rivojlantirish manfaatlarida Yer, kosmik fazo, sayyoralar va Quyoshni tadqiq etishni tashkil etadi;
- O‘zbekiston Respublikasi hududi ustidagi fizik jarayonlarni va atmosferaning kimyoviy tarkibini o‘rganish uchun cho‘llanish, tuproqlarning sho‘rlanish jarayonlarini hisobga olib, geofizik raketalar va zond-sharlarni qo‘llash dasturlarini ishlab chiqadi;
- telekommunikatsiyalar, Yerni masofadan zondlash, mudofaa va xavfsizlikning alohida vazifalarini hal qilish uchun xorijiy tajribani hisobga olib, stratosfera uchish apparatlarini (dirijabllarni) o‘rganish va ulardan foydalanish ishlarini amalga oshiradi;
- uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari asosida erning lokal uchastkalarini tezkor yuqori aniqlikda masofadan zondlash, O‘zbekiston Respublikasining kosmik va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari manfaatlarida muqobil energetika texnologiyalarining qo‘llanishini tashkil etadi;
- yagona kadrlar siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshirishni ta’minlaydi hamda “O‘zbekkosmos” agentligi va uning idoraviy mansub bo‘linmalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni ijtimoiy muhofaza qilish tizimini shakllantiradi;
- o‘ta zararli sharoitlarda ishlaganlik uchun qo‘shimcha to‘lov hajmini belgilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va asoslaydi, sohada mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
- o‘z vakolatlari doirasida kosmik texnika va texnologiyalardan foydalanish sohasida normalar va qoidalarni ishlab chiqadi;
- quyidagi yo‘nalishlarda kosmik texnologiyalarni qo‘llovchi tashkilotlarning faoliyatini litsenziyalaydi: ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari, loyiha-konstruktorlik va texnologik ishlanmalar, kosmik texnikaning sinov, tajriba va tijorat namunalarini tayyorlash va sinovdan o‘tkazish, oxirgi iste’molchilarga kosmik xizmatlar ko‘rsatish;
- kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida kadrlarni tayyorlash, jumladan, yetakchi chet el oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida va o‘quv markazlarida ularning malakasini oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ta’minlaydi;
- texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalari va xorijiy tajribani hisobga olib, kosmik texnologiyalar sohasida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ta’lim standartlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- yirik xalqaro kosmik loyihalar doirasida, shu jumladan xalqaro boshqariladigan kosmik stansiyalar va sayyoralararo ekspeditsiyalar faoliyatida ishtirok etish uchun kosmonavtlarni (astronavtlarni) tayyorlash bo‘yicha hamkorlik maqsadida xorijiy davlatlarning tashkilotlari va kompaniyalari bilan belgilangan tartibda hamkorlik qiladi;
- kosmik tarmoqqa investitsiya kiritishga yuridik va jismoniy shaxslarni jalb etish ishlarini amalga oshiradi.