Kosmik texnologiyalar sohasida yuridik shaxslarning faoliyat turlarini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizom”ning 33-ilovasi “Kosmik texnologiyalarni qo‘llovchi tashkilotlarning faoliyatini litsenziyalash pasporti”ga asosan amalga oshiriladi.