O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi “Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 274-son qarori bilan “O‘zbekkosmos” agentligi tizimida “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” davlat unitar korxonasi tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-76-son Farmoni bilan “O‘zbekkosmos” agentligi muassisligidagi “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati etib qayta tashkil etilgan.
“Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
Markaz tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, jismoniy va yuridik shaxslarga kosmik monitoring, sun’iy yo‘ldosh hamda uchuvchisiz uchish apparatlari orqali yerni masofadan zondlash ma’lumotlarini taqdim etish va kosmik sohaga oid boshqa xizmatlar ko‘rsatish shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.