Yoshlar siyosati

Me’yoriy-huquqiy baza

YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDA
Sana: 14.09.2016
Raqami: O‘RQ-406

YOSHLARNI HAR TOMONLAMA QO‘LLAB-QUVVATLASH VA ULARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI YANADA OSHIRISHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Sana: 13.07.2021
Raqami: PF-6260

MA’MURIY ISLOHOTLAR DOIRASIDA YOSHLAR SIYOSATI VA SPORT SOHASIDA DAVLAT BOSHQARUVINI SAMARALI TASHKIL QILISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Sana: 07.04.2023
Raqami: PQ-114

DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARIDA MEHNAT FAOLIYATINI OLIB BORAYOTGAN YOSH MUTAXASSISLAR VA YOSH VATANDOSHLARGA ZARUR SHART-SHAROITLAR YARATISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Sana: 07.03.2022
Raqami: 101-son

Батафсил бу ерда

“Oʻzbekkosmos” agentligining 2023-yil II yarim yillikda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi

Yurlab olish

Yoshlar siyosati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar

2023 yilning 27-avgustidan 2-sentabriga qadar Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida kosmik sohaga yosh avlodni qiziqtirish va kosmik sohaning jozibadorligini targ‘ib qilish bo‘yicha Turkiyaning Bursa shahridagiGUHEM” kosmik va aviatsiya o‘quv markaziga 10 ta O‘zbekistonning 9-15 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli o‘smirlarini o‘qishga olib borildi.

2023 yilning 27-sentabr kuni “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan Turkiy davlatlar tashkiloti a’zo davlatlarning kosmik agentliklari bilan hamkorlik doirasida “Space Camp Turkiye 2023” xalqaro loyihasini amalga oshirilganligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi va ushbu tadbirda ishtirokchilar Space Camp kosmik lagerida o‘tkazgan vaqtlari haqidagi o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi, o‘z ixtirolarini namoyon etishdi, istiqboldagi rejalar, kosmik fanlar sohasidagi bilimlarni yana-da rivojlantirish va kengaytirish haqida so‘z yuritishdi.

Tadbir yakuniga ko‘ra, kosmik lagerining har bir ishtirokchisi mamlakatimiz kosmik sohasini rivojlantirishdagi faol ishtiroki, yoshlar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari, sa’y-harakatlari, shuningdek, har bir insonning hayotiga kosmik texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha innovatsion g‘oyalar va takliflarni tayyorlaganligi uchun “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan “O‘zbek koinot elchisi” faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

Joriy yilning 28-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun mohiyatini “O‘zbekkosmos” agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarning yosh mutaxassislariga tushuntirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32-yilligi munosabati bilan yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.

Bundan tashqari “O‘zbekkosmos” agentligi yoshlarini sog‘lom turmush tarziga intilishini shakllantirish, shuningdek bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida har haftaning juma kunlarida futbol bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.