- Asosiy
- Koʻp beriladigan savollar
Koʻp beriladigan savollar1. Sun’iy yo‘ldosh apparatlari yordamida yerni masofadan zondlash nima?
Yerni masofadan zondlash kosmik monitoringni asosi bo‘lib, Yer orbitasida joylashgan kosmik apparatlar (sun’iy yo‘ldosh apparatlari) orqali atmosfera, Yer sirti va qa’rini ultrabinafsha, infraqizil, mikroto‘lqinli, radioto‘lqinli, shuningdek, teplovizion va fotografik suratga olish.
2. Kosmik surat nima?
Kosmik surat bu kosmik monitoringning asosiy mahsuloti (tarkibiy qismi) bo‘lib, obyektlar, hodisalar va jarayonlarni dekodlash, o‘lchash va xaritalash orqali aniqlash, sifat va miqdoriy o‘rganish uchun mo‘ljallangan o‘zining yoki aks ettirilgan nurlanishning texnik vositalari bilan masofaviy ro‘yxatga olish natijasida olingan ikki o‘lchovli tasvir.
3. Yerni masofadan zondlash ma’lumotlari nima?
Yerni masofadan zondlash ma’lumotlari bu sayyoraning rastr suratlari va har bir surat haqida geofazoviy ma’lumotlarga ega fayllarni o‘z ichiga oluvchi birlamchi qayta ishlangan kosmik suratlar.
4. Kosmik monitoring nima?
Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldosh apparatlari yordamida olingan kosmik suratlarni maxsus GAT platformada qayta ishlash va tahlil qilish orqali sohadagi vakolatli organlar va tashkilotlarning ehtiyojlariga ko‘ra faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida hududning holatini muntazam kuzatish va nazorat qilish, unda sodir bo‘layotgan jarayonlarni va tendensiyalarni tahlil qilish, sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni aniqlash tizimi.
5. Kosmik monitoring ma’lumotlari nima?
Sun’iy yo‘ldosh apparatlari yordamida yerni masofadan zondlash ma’lumotlarini standartlashtirish, talab etiladigan mahsus tematik shaklga keltirib qayta ishlash natijalari
6. Kosmik hizmatlar nima?
Sun’iy yo‘ldosh apparatlari yordamida yerni masofadan zondlash hamda kosmik monitoring ma’lumotlarini ehtiyojlarga muvofiq taqdim etish, shu jumladan, kosmik suratlarni o‘rganish, kuzatish, qayta ishlash, taxlil qilish, uning birlamchi va hosila materiallarini o‘zida mujassamlashtirgan metama’lumotlarni shakllantirish va ularni o‘z ichiga olgan maxsus axborot tizimlarini yaratish va/yoki mavjud axborot tizimlarni ushbu ma’lumotlar bilan boyitish hamda dolzarbligini uzluksiz ta’minlash, sohadagi vakolatli organlar va tashkilotlarning ehtiyojlariga ko‘ra faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida hududning holatini muntazam kuzatish va nazorat qilish, unda sodir bo‘layotgan jarayonlarni va tendensiyalarni tahlil qilish, sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni aniqlash ishlarini amalga oshirish.