Sana: 13.01.2022
Gavayi orollarida joylashgan ikkita teleskopdan foydalanib, olimlar birinchi marta qizil supergigant portlashini va kollaps hosil qilishini kuzatishdi. Bu kabi portlash galaktika miqyosida kam uchraydigan holat. Gavayi universiteti qoshidagi Pan-STARRS astronomiya instituti tadqiqot guruhi NGC 5731 galaktikasida, Yerdan 120 million yorug’lik yili uzoqlikda joylashgan taxmiman 10 quyosh massasiga teng qizil supergigantning so'nggi 130 kun ichida halokatli portlashini kuzatishdi.
Hozirgi kunga qadar olimlar, yonayotgan gaz qatlamlarini chiqaradigan boshqa yulduzlardan farqli o'laroq, qizil supergigantlar portlashi yoki kollaps hosil qilishi tinch jarayon deb hisoblashar edi. Biroq, yangi kuzatuv, har doim ham bunday bo’lmasligini ko'rsatdi.
Matbuot xizmati