Xotira va qadrlash kuni muborak bo‘lsin!

Sana: 09.05.2022

Xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini himoya qilish, bukilmas iroda va jasorat namunasini namoyon etib, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etish, ularning ezgu ishlarini davom ettirish biz uchun azaliy qadriyatdir.

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni 9- may – Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etadi.