“O‘zbekkosmos” agentligi hamda Fransiyaning Preligens kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Sana: 16.06.2022

14-iyun kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “O‘zbekkosmos” agentligi vakillari kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llagan holda 9 xildagi suv, xavo va quruqlik ob’yektlarini aniqlash imkoniga ega dasturiy ta’minot bilan tanishdi.

Shu bilan birga, kompaniya tomonidan inshootlarni va yo‘llarni aniqlash algoritmlari mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha  tomonlar hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha muzokaralarni o‘tkazishga kelishdi.