“O‘zbekkosmos” agentligi hamda Picterra kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Sana: 20.06.2022

Shvesariyaning 2016 yilda startap loyihadan boshlanib, tijoriy kompaniyaga aylangan “Picterra” kompaniyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Agentlik vakillari kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellekt va mashina yordamida o‘qitish texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘zgarishlarni aniqlash imkoniga ega dasturiy ta’minot imkoniyatlari bilan tanishdi.
Kompaniya tomonidan hozirda temir yo‘llarini, o‘rmon hududlari, qishloq yerlaridagi o‘zgarishlarni aniqlash bo‘yicha olib borilayotgan loyihalar namoyish etildi.
Uchrashuv yakuni bo‘yicha kompaniyaning dasturiy ta’minoti bilan yaqindan tanishish maqsadida sinov versiyasidan foydalanish, hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha kichik sinov loyihalar o‘tkazish  masalalari kelishildi.