Sana: 22.06.2022
Agentlikning ishchi guruhi tomonidan Sun’iy yo‘ldoshlarni yig‘ish va sinovdan o‘tkazish markaziga tashkil etilgan tashrif davomida markazning faoliyati, sun’iy yo‘ldoshlarni yig‘ish, ularni sinovdan o‘tkazish jarayoni bilan tanishildi.
Sun’iy yo‘ldoshlarni yig‘ish juda qiyin vazifadir va buning uchun maxsus xonalar talab qilinadi. Xonalar maxsus belgilangan 22,2o S haroratda havo filtrasiyasida saqlanadi. Markazga kirishda har bir tashrif buyuruvchi maxsus kiyim kiyishi shart.
Sun’iy yo‘ldoshlar o‘z vazifasi va hajmiga qarab kosmik fazoga uchirishdan oldin markazda 4 oydan – 1 yilgacha bo‘lgan muddatda sinov-tekshiruvlardan o‘tkaziladi. Sinov-tekshiruv jarayonlari sun’iy yo‘ldoshlar va ularning tizimlari o‘rtasidagi elektromagnit moslashuvni tekshirish, termal, vakuum va tebranish kabi sinovlaridan o‘tkaziladi.
Markazda “Eutelsat” va “Inmarsat” kompaniyalarining 5 tonnalik geostasionar aloqa sun’iy yo‘ldoshlari, “Airbus Defence & Space” kompaniyasining “Pleiades Neo” Yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshlari, hamda Yevropa kosmik agentligining (ESA) “JUICE” Yupiter sayyorasini o‘rganish uchun mo‘ljallangan avtomatik sayyoralararo ilmiy sun’iy yo‘ldoshlarini sinovdan o‘tkazilish jarayoni bilan tanishildi.