Tadqiqotchilar Yerni asteroid bilan to'qnashuvidan himoya qilishni modellashtirmoqda

Sana: 05.07.2022

NASAning asteroidlarni qayta yo'naltirish bo'yicha missiyasi (DART) yer bilan potentsial asteroid to'qnashuvidan sayyorani himoya qilishning birinchi keng ko'lamli sinovi hisoblanadi. Bern universiteti va PlanetS sohasidagi milliy vakolat markazi (NCCR) tadqiqotchilari nisbatan kichik kraterni hosil qilish o‘rniga, DART kosmik kemasining asteroid bilan to‘qnashuvi uni deyarli tanib bo'lmaydigan darajada o‘zgartishi mumkinligini aytishmoqda.

Hozirgi vaqtda ma'lum bo'lgan asteroidlarning hech biri Yerga bevosita tahdid solmaydi. Ammo, yer bilan to'qnashadigan katta asteroid topilsa, halokatli oqibatlarning oldini olish uchun uni traektoriyasidan chetlashtirish kerak bo'ladi.

Bunday manevrning birinchi to'liq tajribasi sifatida o'tgan yilning noyabr oyida DART kosmik zondi ishga tushirildi: uning vazifasi sayyoraviy mudofaa tizimini rivojlantirish uchun qimmatli ma'lumotlarni yig’ish uchun asteroid bilan to'qnashish va uni o'z orbitasidan chetlashtirishdan iborat.

Yangi tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, DART to'qnashuv nishoni kutilganidanda ko'proq deformatsiya qilishi mumkin.

2024-yilda ESA Yevropa kosmik agentligining HERA missiyasi doirasida Dimorphos kosmik zondni uchirishi rejalashtirilgan.

Axborot xizmati