Sana: 21.07.2022
“O‘zbekkosmos” va Kadastr agentliklari vakillari kosmik suratlarni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi Janubiy Koreyaning “SI Imaging Services (SIIS)“ korporatsiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Uning davomida tomonlar Koreya tashkiloti qaysi sohalarda kosmik suratlardan foydalanish va amaliy ishlari hamda uning mexanizmi to‘g‘risida muhokamalar olib borildi. Shuningdek, “O‘zbekkosmos” agentligi mutaxassislari bugungi kunga kelib kosmik suratlarni qaysi sohalarda qo‘llashayotgani va uning natijalari xususida fikr bildirib o‘tishdi.
Uchrashuv so‘ngida esa, tomonlar sohani rivojlantirish uchun malakali kadrlarni tayyorlash, hamkorlikda sinov loyihalarni amalga oshirish va kelgusi samarali rejalar bo‘yicha bir nechta kelishuvlarga erishildi.
“O‘zbekkosmos” agentligi Matbuot xizmati