Sunʼiy yoʻldosh aloqa tizimlari

Sana: 17.08.2022

Bugungi kunda sunʼiy yoʻldosh aloqa tizimlari orqali axborot almashinuvi eng rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Bu kabi aloqa turidan tijorat, harbiy va fuqarolik maqsadlarida foydalaniladi.

Yer orbitasida boʻlgan turli xil retranslyatorlar orqali maʼlumotlarni uzatishga asoslangan bir qator yoʻnalishlar mavjud:

  • kosmik aloqa;
  • global geojoylashuv va navigatsiya tizimi (GPS);
  • shahsiy sunʼiy yoʻldosh aloqasi;
  • televizion uzatish
  • telefoniya va keng polosali axborotlarni uzatish paketi.

Sunʼiy aloqa tizimlarini ishlash prinsipi

Sunʼiy aloqa va uni uzatish tizimlari – bu orbitada joylashgan retranslyatorlar va yer usti stansiyalardan tashkil topgan bir qancha jihozlardan iborat kompleks hisoblanadi.

Sunʼiy yoʻldosh tizimining ishlash prinsipi juda oddiy – signal yer usti stansiyalari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri sunʼiy yoʻldoshga uzatiladi, undan u retranslyatorning qamrov zonasidagi boshqa obyektlarga uzatiladi.

Passiv retranslyatorda signalni toʻgʻirlash, kuchaytirish, oʻzgartirish yoki yoʻnaltirish kabi ishlar qilinmaydi balki uning samaradorligi qurilmaning qamrov zonasining kattaligi hisobiga amalga oshiriladi.

Zamonaviy sunʼiy yoʻldosh tizimlari esa, nafaqat signalni yer usti stansiyasidan qabul qiladi balki uni kuchaytirib qabul qilish zonasiga yuboradi.

Sunʼiy yoʻldoshning qanday joylashganidan qatʼiy nazar signalni qabul qilishda uni sifatli va doimiy boʻlishini taʼminlash maqsadida mobil sunʼiy yoʻldosh aloqasi ishlab chiqilgan. Bular abonent terminallari va tegishli stansiyalardan tashqari, geostatsionar (mobil) orbitada joylashgan sunʼiy yoʻldoshlarni oʻz ichiga olgan uskunalar majmuasi.

Mobil sunʼiy yoʻldosh aloqasi – bu statsionar aloqani maʼlum bir sabablar bilan (infrastrukturaning yoʻqligi, qamrov zonasining kamligi, qiyin ob-havo sharoitlari) taʼminlashning imkoni boʻlmagan hududlarda aloqa oʻrnatishning eng maqbul yechimi hisoblanadi.

Sunʼiy yoʻldosh aloqa tizimlari tarixi

Sunʼiy yoʻldosh aloqasi tushunchasi 1945-yilda angliyalik olim Artur Klarkning “Yerdan tashqari retranslyatorlar” nomli ilmiy ishi chop etilishidan boshlanadi.

Olimning ilmiy qarashlariga dunyo hamjamiyati 10 yil davomida uncha katta eʼtibor qaratmaydi. Bu holat 1960-yilda transatlantik aloqa sifatini oshirish maqsadida “Exo-1” nomli birinchi kosmik retranslyatori amerikaliklar tomonidan fazoga uchrilgunga qadar davom etadi.

Bugungi kunda shahsiy aloqaga moʻljallangan zamonaviy sunʼiy yoʻldosh aloqaning yangi texnologiyalari oʻtgan asrning oʻrtalaridagi prototiplardan sezilarli darajada farq qiladi.

Mazkur aloqaning ustunliklari:

Zamonaviy sunʼiy yoʻldosh aloqa tizimlari boshqa axborot almashinuvi yoʻnalishlariga qaraganda bir qancha samarali hisoblanadi:

  • barqarorlik. Keng qamrov tufayli, hatto bitta sunʼiy yoʻldosh ham yer osti oraliq stansiyalarini jalb qilmasdan katta masofalarga signalni uzatish uchun yetarli.;
  • kam xarajat. Aloqa kanalidan foydalanish narxi abonentlar soniga bogʻliq emas. Bugungi kunda qoʻshimcha xarajatlarsiz mijozlar bazasini kengaytirish (uskunalarni modernizatsiya qilish, yangi sunʼiy yoʻldoshlarni ishga tushirish, yer usti retranslyatorlarini qurish) tufayli sunʼiy yoʻldosh aloqa xizmatlari narxini pasaytirish tendensiyasi mavjud.;
  • kanal kengligi. Keng qamrov polosadan foydalanish orqali qisqa vaqt ichida katta maʼlumotlar oqimini uzatish imkonini beradi;
  • ishonchlilik. Notoʻgʻri axborot paketini uzatish ehtimoli (buzilish va boshqalar.) deyarli nolga teng, chunki zamonaviy texnologiyalar ularni aniqlaydigan va signaldagi buzilishlarni toʻgʻirlaydi.