Ispaniya kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi

Sana: 29.09.2022

Kichik hajmga ega bo‘lgan sunʼiy yo‘ldosh va ularga videokameralar ishlab chiqaruvchi “Satlantis” (Ispaniya) kompaniyasi mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda asosiy urg‘u ikki tomonlama hamkorlikning samarali yo‘nalishlari, yerni masofadan zondlash sohasini rivojlantirish hamda kelgusida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qo‘shma loyihalar haqida so‘z bordi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘zaro tajriba almashish va O‘zbekiston o‘zining sunʼiy yo‘ldoshini kosmik orbitaga uchirishga qaror qilsa “Satlantis” kompaniyasi ularga vakolati doirasida qay darajada amaliy yordam berishi mumkinligi haqida muhokamalar olib bordilar.

“O‘zbekkosmos” agentligi Matbuot xizmati