E'lon

Sana: 10.10.2022

Hurmatli fuqarolar!

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi oliy taʼlim muassasalarining 4-kurs bitiruvchilari uchun stajirovka tanlovini eʼlon qiladi. Tanlovda kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar, geoaxborot tizimlari, axborot texnologiyalari kabi yo‘nalishlarda tahsil oluvchi talabalar ishtirok etishi mumkin. Stajirovka bepul asosda tashkil etiladi.

Ishtirok etuvchilar Agentlikning hr@uzspace.uz elektron pochta manziliga o‘zlari haqidagi maʼlumot va murojaatlarini yozishlari mumkin. Stajirovka o‘tkazish tartibi dasturda keltirilgan. Savollar uchun telefon 55-502-50-22