Agentlik vakillari o‘quv-seminarida ishtirok etishdi

Sana: 21.10.2022

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Malayziya Davlat texnologik taraqqiyot korporatsiyasi (Malaysian Technology Development Corporation - MTDC) ekspertlarini jalb qilgan holda mahalliy sanoat korxonalari vakillari uchun joriy yilning 19-21 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Kichik, o‘rta va katta korxonalarda Sanoat 4.0 -texnologiyasini joriy etishni jadallashtirish” mavzusida семинар tashkil etildi.

Mazkur anjuman doirasida “O‘zbekkosmos” agentligi vakillari ham ishtirok etib, Agentlik vakolati doirasida amalga oshirayotgan ishlar, xorijiy tashkilotlar bilan olib borilayotgan loyihalar hamda kelgusi rejalar hususida ishtirokchilarga taqdimot o‘tkazishdi.