“O‘zbekkosmos” va Ionosfera instituti qishloq hamda o‘rmon xo‘jaligi sohalarida hamkorlik qiladi

Sana: 11.11.2022

Kuni kecha “O‘zbekkosmos” agentligi va Qozog‘istonning Ionosfera instituti vakillari o‘rtasida onlayn ko‘rinishidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda mutaxassislar tomonidan qishloq va o‘rmon xo‘jaligi yo‘nalishida kosmik monitoring olib borish, xususan InSAR texnologiyasidan foydalangan holda o‘zaro hamkorlikdagi sinov loyihalar haqida muhokamalar olib borildi.

Uchrashuv davomida, hamkorlikni yana-da kengaytirish va Agentlik mutaxassislarini malakasini oshirish bo‘yicha radar monitoringidan olingan maʼlumotlarni tahlil qilishning interferometr usulidan foydalanish bo‘yicha malaka oshirish kurslarini tashkil qilish haqida kelishuvga erishildi.