O‘zbekiston va BAA kosmik agentliklari sohada malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qiladi

Sana: 17.11.2022

“O‘zbekkosmos” va BAA kosmik agentligi vakillari o‘rtasida onlayn ko‘rinishidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uning davomida tomonlar ikkala Agentlikda olib borilayotgan ishlar, kelgusi rejalar haqida fikr almashishdi.

Shuningdek, muhokamalarning asosiy mavzusi O‘zbekistonda sohaga malakali mutaxassislarni yetkazib berish maqsadida kosmik taʼlim tizimini tashkil qilish va uni ishga tushirish haqida bo‘ldi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yana-da rivojlantirish maqsadida bu kabi uchrashuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar.