“O‘zbekkosmos” agentligi va “ImageSat International Ltd” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Sana: 23.11.2022

Uchrashuv davomida “ImageSat International Ltd” kompaniyasi vakili Aleksandr Imas kompaniya haqida taqdimot o‘tkazdi. Xususan, kompaniya vakili “ImageSat International Ltd” kompaniyasining faoliyati va sun’iy yo‘ldoshlar orqali kompaniya ko‘rsatayotgan xizmatlar haqida batafsil ma‘lumot berdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yana-da rivojlantirish maqsadida bu kabi uchrashuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar.