Kosmos kelajagini belgilovchi muhokamalar

Sana: 06.12.2022

Ayni kunlarda “O‘zbekkosmos” rahbari boshchiligidagi delegatsiya Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida “Abu Dabidagi kosmik muhokamalar” nomli anjumanda ishtirok etishmoqda.

BAA kosmik agentligi tomonidan tashkil etilgan mazkur anjuman global kosmik yetakchilik uchun noyob platformadir. Ikki kunlik konferensiya kosmik sanoat, mamlakatlar, biznes rahbarlari va siyosatchilarning birlashishi, kosmos oldida turgan muammolarni hal qilish hamda sohani rivojlantirish yo‘lida innovatsiyalardan foydalanish uchun yagona to‘xtamga kelishni maqsad qilgan.

Ushbu tadbir davomida O‘zbekiston vakillari ham mamlakatda sohani rivojlantirish uchun xalqaro hamkorlikni yana-da kengaytirish, xorijiy davlat va xususiy kosmik agentliklari vakillari bilan uchrashish kabi bir qator muhim ishlarni amalga oshirishni rejalashtirgan.