Mukofot muborak

Sana: 09.12.2022

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan taʼsis etilgan «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish yo‘lida xizmat qilayotgan barcha soha vakillariga tantanali ravishda topshirilmoqda.

Quvonarlisi, yuksak eʼtirofga loyiq deb topilganlar orasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi vakillari ham bor.

Bugun Agentlik binosida “O‘zbekkosmos” rahbari Shuxrat Kadirov va Kosmik sohada qonunchilikni shakllantirish va strategik rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Shoxrux Nasrullayevga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari Sharof Rajabbayev hamda bosh mutaxassis Doniyor Turgunovlar tomonidan mazkur esdalik nishonlarini topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mehnatlari munosib eʼtirof etilgan hamkasblarimizni “O‘zbekkosmos” jamoasi nomidan samimiy qutlab, ularga mustahkam sog‘lik, kelgusi ish faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!