• Агентство космических исследований и технологий при Кабинете Министров Республики Узбекистан
Farmon ijrosi muhokama qilindi

Sana: 22.12.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 maydagi “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–144-sonli farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi zimmasiga mamlakatimizda seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohalarini rivojlantirish hamda soha tashkilotlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli kompleks chora-tadbirlar amalga oshirish belgilangan.

Kuni kecha Agentlik binosida, Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentining Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini muvofiqlashtirish shoʻbasi rahbari Diyor Beknazarov va bosh mutaxassis G‘ayrat Ayubovlar bilan Farmon ijrosi yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda bugungi kunda Agentlik tomonidan hujjatda belgilangan vazifalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusi rejalar va loyihalar bilan tanishildi.

Xususan, “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan sohaning tegishli tashkilotlari bilan birgalikda sodir bo‘lgan zilzilalarni operativ tarzda aks ettirish va zilzilalar energiyasini hisoblash kabi qulayliklarga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasidagi seysmik jarayonlarni hamda maydonlarni o‘zida mujassamlashtirgan interaktiv onlayn xaritasi hamda Respublikaning 2 ta suv omborida joriy etilgan va radiolokatsion kosmik suratlar interferometriya usulida qayta ishlanishi asosida sodir bo‘lgan siljish va cho‘kish kabi deformatsion jarayonlari monitoring qilish imkonini beruvchi Suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligini doimiy kosmik monitoring qilish tizimi haqida batafsil maʼlumotlar berib o‘tildi.