18-Ilan Ramon xalqaro konferensiyasi

Sana: 03.02.2023

Har yili Isroilda Ramon jamg'armasi bilan hamkorlikda o'tkaziladigan Xalqaro kosmik konferensiya Isroilning birinchi kosmonavti Ilan Ramon va "Kolumbiya" kosmik kemasi halokati xotirasiga bag'ishlangan an'ananing bir qismidir.

O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifidan maqsad Isroil va Isroil kompaniyalarining kosmik texnologiyalar sohasidagi tajribasi va yutuqlarini o‘rganish, xorijiy davlat kosmik agentliklari va xususiy kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba va bilim almashish, shuningdek, ularni O‘zbekiston kosmik sohasini rivojlantirishda qo‘llashdan iborat.