Talabalarni O‘zbekiston Respublikasining birinchi sun’iy yo‘ldoshi yaratilishi ustida ishlash uchun jamoa tarkibiga taklif qilamiz

Sana: 03.05.2023

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (“O‘zbekkosmos”) O‘zbekiston Respublikasining birinchi sun’iy yo‘ldoshi yaratilishi ustida ishlash uchun jamoa tarkibiga talabalarni taklif qiladi. 
 
Biz mamlakat kosmik sanoatini rivojlantirishga hissa qo'shishga va tarixiy loyihaning bir qismiga aylanishga tayyor bo'lgan g'ayratli va iqtidorli talabalarni chorlab qolamiz.
 
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha talabalarni taklif etamiz:
 
Elektron muhandis:
Vazifalari:

Sun'iy yo'ldosh elektr dizayni va komponentlarini tanlash;
Sun'iy yo'ldosh quyi tizimini integratsiya va sinovdan o'tkazish;
Elektron sxemalar va bosma platalarni ishlab chiqish;
Texnik hujjatlarni tayyorlash;
Prototiplarni o'rnatish va sinovdan o'tkazish;
Elektron uskunalarni ishga tushirish va sozlash;
Talablar:
Maxsus dasturlarni bilish: CAD, Cadence (Capture CIS, PCB Editor, Layout, PSpice), Altium Designer (sxematik dizayn, bosma plata dizayni, kutubxonani ishlab chiqish), Protel DXP. Kompas 3D (ESKD hujjatlarini ishlab chiqish), TINA, LtSpice (sxemani modellashtirish);
Analitik fikrlash qobiliyati;
Fazoviy tasavvur;
Keng dunyoqarash;
Tashabbuskorlik;
Yangi bilimlarni o'zlashtirish va kasbiy darajani oshirish istagi;
Elektron uskunalarni ishlab chiqish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko'rsatish bo'yicha ilg'or xorijiy davlatlar tajribasini doimiy ravishda o'rganish;
Diqqatlilik va puxtalik;
Sabrlilik;
Natijalarga e'tibor qaratish;
Tartibli bo‘lish;
Mas'uliyatlilik;
Uyushqoqlik.
 
Mexanik muhandis:
Vazifalari:
Sun'iy yo'ldoshning mexanik dizaynini ishlab chiqish va materiallarni tanlash;
Sun'iy yo'ldoshni yig'ish va o'rnatish, mexanik va issiqlik sinovlari;
Uskunalarni rejalashtirish va joylashtirish va ish joylarini tashkil etish;
Ishlab chiqarish quvvatlarini va uskunalarga yuklamalarni hisoblash;
Mexanizmlar va jihozlarni diagnostika qilish, texnik ko'rikdan o'tkazish va ta'mirlashni amalga oshirish;
Mavjud uskunalarni rekonstruksiya qilish va yangilarini yaratish uchun texnik shartlarni tayyorlash;
Talablar:
Texnik fikrlash;
Texnologiyaga qiziqish;
Texnik bilim;
Ishga ijodiy munosabat;
Konstruktiv va mantiqiy fikrlash;
Analitik fikrlash qobiliyati;
Fikrlashning o'ziga xosligi;
Diqqatni jamlash qobiliyati;
Tashkiliy qobiliyatlar;
Qat'iyat va maqsadlilik;
Mas'uliyatli qarorlar qabul qilish qobiliyati.
Nazariy tayyorgarlik ishlarida zarur bo'lgan ANSYS, AutoCAD, SolidWorks dasturlariga ega bo'lish.
 
Dastur muhandisi:
Vazifalari:

Sun'iy yo'ldoshlarni boshqarish va ma'lumotlarni qayta ishlash uchun dasturiy ta'minotni ishlab chiqish
Dasturiy ta'minotni apparat bilan integratsiyalash va sinovdan o'tkazish
Texnik topshiriqlarga muvofiq dasturlarni ishlab chiqish, sinovdan o'tkazish va tuzatish;
Zaruriy dasturlash tillarini tanlash;
Ilgari yaratilgan dasturiy yechimlarni takomillashtirish;
Dasturiy ta'minotni joriy etish va ulardan foydalanish jarayonini nazorat qilish, texnik yordam ko'rsatish;
Dasturiy ta'minotdan foydalanish bo'yicha texnik hujjatlar va ko'rsatmalarni yaratish;
Avtomatik dasturiy ta'minotni sinovdan o'tkazishga qaratilgan tizimlarni ishlab chiqish va joriy etish;
Talablar:
Uzoq vaqt davomida diqqatni jamlash qobiliyati;
Mas'uliyatlilik va ehtiyotkorlik;
O'ziga va boshqalarga talabchanlik.
Analitik fikrlash qobiliyati;
 
 
 
 
Agar sizda tegishli ko‘nikma va bilimlar bo‘lsa, bizning jamoamizga qo‘shiling va biz bilan birga mamlakat kosmik sanoati kelajagini yarating.
 
Ariza berish uchun havoladagi shaklni to'ldiring. Tanlov jarayoni suhbat va test topshiriqlarini o'z ichiga oladi.
 
Tarixning bir qismi bo'lish va O'zbekiston kosmik sanoati rivojiga hissa qo'shish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!