Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligining Aerokosmik qo‘mitasi delegatsiyasi bilan uchrashuv

Sana: 22.09.2023

Bugun, 22-sentabr kuni “O‘zbekkosmos” agentligi binosida Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligining Aerokosmik qo‘mitasi raisi Baubek Oralmagambetov boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan direktor Shuxrat Kadirov hamda Agentlik mutaxassislari ishtirok etdi.

Uchrashuvda kosmik monitoring va yerni masofadan zondlash sohasida hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlariga yangi monitoring texnologiyalarini joriy etish, tajriba almashish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Qozog‘iston vakillari tomonidan turli sohalardagi yangi loyihalar namoyish etildi.