“Space Foundation”ning Bosh operatsion direktori Shelli Brunsvik bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Sana: 30.09.2023

Boku shahrida davom etayotgan “Kosmik texnologiyalar Ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlar uchun” seminari doirasida “O‘zbekkosmos” agentligi vakillari “Space Foundation”ning Bosh operatsion direktori Shelli Brunsvik bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Space-STEM o'qituvchilarini tayyorlashga qaratilgan qisqa muddatli ta'lim kurslarini tashkil etish, maktab o‘quvchilari va talabalarining Space-STEM sohasidagi bilimlarini oshirish, yosh mutaxassislarning kosmik soha haqidagi bilimlarini oshirish, xususiy tadbirkorlarni kosmik imkoniyatlari bilan tanishtirish bo'yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar talabalar, o‘qituvchilar va yosh mutaxassislarni “Space Foundation” kurslariga jalb etish bo‘yicha tajriba loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdilar.