“Koinot avlodi maslahat kengashi” (SGAC) xalqaro yoshlar tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Sana: 30.09.2023

“Kosmik texnologiyalar Ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlar uchun” keng ko‘lamli tadbir doirasida “O‘zbekkosmos” agentligi vakillari “Koinot avlodi maslahat kengashi” (SGAC) xalqaro yoshlar tashkiloti raisi Hamza Hamid va uning ijrochi direktori Valentina Luchetti bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston yoshlarini SGACning global va mintaqaviy forum va kongresslariga faol jalb etish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, kelasi yili Kolorado-Springsda (AQSh) boʻlib oʻtadigan “Kosmik simpozium 2024” global tadbirida Oʻzbekiston yoshlarining ishtirokini tashkil etish boʻyicha faol ish olib borish yuzasidan kelishuvga erishildi.