O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjonga keldi

Sana: 01.10.2023

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi Shuxrat Kadirov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 74-Xalqaro astronavtika kongressida ishtirok etish uchun Ozarbayjon poytaxti Boku shahriga yetib keldi.

Delegatsiya aʼzolari Kongressning ochilish marosimida va tashkil etilgan koʻrgazmada ishtirok etib, u yerda kosmik monitoring, sunʼiy yoʻldosh va boshqa texnologiyalar sohasidagi yangi ishlanmalar va yechimlar bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻladi. Shuningdek, bizning mutaxassislarimiz texnik dasturlarda hamda Global tarmoq forumida ham ishtirok etadilar.

Kosmik texnologiyalari sohasidagi yetakchi tashkilotlar bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.