74-Xalqaro astronavtika kongressining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Sana: 02.10.2023

Bugun, 2-oktabr kuni Ozarbayjon poytaxtidagi Boku kongress markazi va Haydar Aliyev markazida 74-Xalqaro astronavtika kongressining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
 

Bugungi kunda dunyo koinot va texnologiyalarni rivojlantirish yo‘lida ulkan yutuqlarga erishmoqda, bu global maqsadlarga erishish uchun kosmik sohada xalqaro hamkorlik va ilmiy tadqiqotlar muhimligini tan olgan xalqaro tashkilotlar tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Marosimda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev qutlov nutqi so‘zlab, Ozarbayjon ulkan taraqqiyotga erishganini, xalqaro maydonda faol davlatlardan biri ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, bugungi kunda Ozarbayjon koinot klubi a’zosi ekanligini va 3 ta sun’iy yo‘ldoshi bilan bu yo‘nalishdagi faoliyatni davom ettirishni rejalashtirayotganini etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori Shuxrat Kadirov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.