“SOCIOUS GROUP PTE LTD” kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Sana: 03.10.2023

Boku shahrida boʻlib oʻtayotgan 74-Xalqaro astronavtika kongressi doirasida “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati vakillari “SOCIOUS GROUP PTE LTD” kompaniyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston kompaniyasi vakillari mamlakatimizda kosmik texnologiyalarni qo‘llash, yerni masofadan zondlash, iqtisodiyot tarmoqlarida kosmik monitoringni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan natijalar va yutuqlar haqida atroflicha so‘zlab berdi.

SOCIOUS GROUP PTE LTD kompaniyasi kosmik texnologiyalardan foydalanish va integratsiyaga oid yechimlarni taklif qildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar kosmik texnologiyalar sohasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarni shakllantirishda birgalikdagi sa’y-harakatlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.