Bir qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi

Sana: 03.10.2023

Ma’lumki, Ozarbayjon poytaxtida kosmik texnologiyalar sohasida yilning eng muhim voqeasi bo‘lgan 74-Xalqaro astronavtika kongressi o‘tkazilmoqda. Kongress ishi kecha, ya’ni joriy yilning 2-oktabr kuni boshlandi.

Mazkur Kongress ishida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etayotgani haqida avval xabar bergan edik.

Bugun “Oʻzbekkosmos” agentligi hamda “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” MChJ xodimlaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari qator uchrashuv va muzokaralar oʻtkazdi. Xususan, “Reorbit”, “Planet”, “Hungary Space Agency” “Swedish Space Corporation”, “Euroconsult”, Imagesat International (ISI) Ltd kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarning asosiy mavzulari - mazkur kompaniyalar bilan hamkorlik o‘rnatish, tajriba va fikr almashish, kosmik monitoring va sun’iy yo‘ldosh texnologiyalarini joriy etish, yerni masofadan zondlash, sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish, mamlakatimiz mutaxassislar uchun malaka oshirishdir.