Xorijiy tashkilotlar bilan sun’iy yo‘ldosh masalalari bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazildi

Sana: 03.10.2023

74-Xalqaro astronavtika kongressi doirasida masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshlari, telekommunikatsiya sun’iy yo‘ldoshlari va kichik sun’iy yo‘ldoshlar turkumini joylashtirishga ixtisoslashgan kompaniyalar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Xususan, “O‘zbekkosmos” agentligi vakillari Koreya aerokosmik tadqiqot instituti (KARI), “Israel Aerospace Industries” va Koreya aerokosmik kompaniyasi (KAI) bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Yuqoridagi tashkilotlar koinotni chuqur o‘rganish, sun’iy yo‘ldosh aloqasi, Yerni zondlash, yangi kosmos va sun’iy yo‘ldosh turkumlari, shuningdek, yerosti stansiyalari kabi yo‘nalishlardagi imkoniyatlari bilan tanishtirdi.

Shuningdek, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, texnologiyalar transferi, yuqoridagi masalalar yuzasidan tarafimiz mutaxassislari uchun seminar va davra suhbatlari o‘tkazish masalalari ham muhokama qilindi.