Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Sana: 03.10.2023

Bugun 74-Xalqaro astronavtika kongressi doirasida Qozogʻiston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri oʻrinbosari Oljabekov Malik Serikovich boshchiligidagi Qozogʻiston delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Muzokaralarda innovatsion kosmik texnologiyalarni rivojlantirish, sohada fundamental bilimlarni rivojlantirish, tajriba va bilim almashish, yoshlarni kosmik fanlarga faol jalb etish, shuningdek, sohadagi aloqalarni rivojlantirish, kosmik monitoring, yerni masofadan zondlash, sun'iy yo'ldosh texnologiyalarini rivojlantirish va boshqa masalalari muhokama qilindi.