Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi xorijiy kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

Sana: 04.10.2023

Bugun, 74-Xalqaro astronavtika kongressining uchinchi kunida Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi vakillari tashkil etilgan ko‘rgazmasida stendlari taqdim etilgan turli xorijiy kompaniyalar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Xususan, “PLAN-S” (Turkiya), Muhammad bin Rashid kosmik markazi (BAA), “Contec” (Janubiy Koreya), “Planetek Italia” (Italiya) kompaniyalari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

Yuqorida ko‘rsatlgan kompaniyalar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda kosmik monitoring, yerni masofadan zondlash, sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari, yerosti stansiyalarini joylashtirish, shuningdek, startaplarni rivojlantirish va tajriba loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Markaz O‘zbekistonda kosmik monitoring va umuman kosmik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.