Xorijiy tashkilotlar bilan aloqa o'rnatilmoqda

Sana: 04.10.2023

74-Xalqaro astronavtika kongressining uchinchi kuni ham uchrashuv va muzokaralarga boy bo‘ldi. “O‘zbekkosmos” agentligi vakillari quyidagi tashkilotlarlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi:

Xalqaro kosmik universiteti (International Space University)- Frantsiya. Muzokaralarning asosiy masalasi koinot sohasida taʼlim va ilmiy dasturlar boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻldi:

"Black Sky" kompaniyasi (AQSh). Uchrashuvda sunʼiy yoʻldosh tasvirlarini olish, sunʼiy yoʻldosh texnologiyalarini rivojlantirish va boshqa masalalar muhokama qilindi;

"Spain Space" kompaniyasi (Ispaniya). Muzokaralarda O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida kosmik texnologiyalarni rivojlantirish va joriy etish bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish borasida aloqalarni o‘rnatish masalasi ko‘rib chiqildi.