Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlarning kosmik agentliklari vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Sana: 04.10.2023

74-Xalqaro astronavtika kongressi doirasida Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlarning kosmik agentliklari vakillarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida har bir ishtirokchi davlat kosmik texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirilayotgan ishlar va loyihalar haqida ma’lumot taqdim etdi. Xususan, O‘zbekiston vakillari davlat kosmik monitoringi, ta’lim dasturlari, sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil so‘zlab berildi.

Ishtirokchilar milliy kosmik dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha tajriba almashishdi, shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida qo‘shma sun’iy yo‘ldoshini uchirish imkoniyatlarini muhokama qildilar, texnik va boshqa mutaxassislar ishtirokida shunday uchrashuvlar o‘tkazishga hamda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarni ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.