“O‘zbekkosmos” agentligi vakillari INTERGEO ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

Sana: 10.10.2023

Joriy yilning 10-oktabr kuni Berlin shahrida (Germaniya) INTERGEO - 28-Xalqaro geodeziya, geoaxborot va yer resurslarini boshqarish texnologiyalari konferensiyasi va savdo ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Ko‘rgazmada 37 davlatdan 580 ga yaqin eksponent va 100 dan ortiq davlatdan 18 mingdan ziyod tashrif buyuruvchi ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar orasida “O‘zbekkosmos” agentligi vakillari ham mavjud. Tashrifdan maqsad kosmik monitoring va yerni masofadan zondlash sohasidagi kompaniyalar bilan aloqalar o‘rnatish hamda ushbu sohadagi yangi mahsulotlar bilan tanishishdir.