Zilzila paytida xavfsiz xatti-harakatlar bo'yicha seminar o'tkazildi

Sana: 25.09.2023

Bugun, 25-sentabr kuni “O‘zbekkosmos” agentligi xodimlari uchun tabiiy ofat, ya'ni zilzila vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish mavzusida seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti vakili zilzila boshlanganda nima qilish kerakligi, zilzila paytida o‘zini tutish qoidalari haqida batafsil gapirib berdi hamda yer silkinishi paytida o‘zini qanday himoya qilish kerakligini aniq ko‘rsatib berdi.

Ma’ruza so‘ngida xodimlar mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, atroflicha javob oldilar.