“O‘zbekkosmos” agentligida O‘rmon xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

Sana: 02.04.2024

O‘rmon xo‘jaligi sohasida “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada takomillashtirish, ilmiy va inovatsion yechimlarni qo‘llashga doir masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekkosmos” agentligi xodimlari hamda soha ekspertlari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida Qizilsoy (Dehqonobod) o‘rmon xo‘jaligi misolida o‘rmon qoplamini raqamlashtirish bo‘yicha bajariladigan ishlar to‘g‘risidagi taqdimot o‘tkazildi.

Bundan tashqari, “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan Orolbo‘yi hududida amalga oshirilgan suv yuzasi hamda yashillik o‘zgarishi monitoringi natijalari taqdimot qilindi. Uchrashuv so‘ngida tomonlar tajriba almashish va faol hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar