Esri 2024 konferensiyasidan qaytgan “O‘zbekkosmos” agentligi xodimlari hamkasblariga yangi bilim va tajribalarini taqdim etdilar

Sana: 02.04.2024

Xabaringiz bor, “O‘zbekkosmos” agentligi jamoasi Kaliforniyaning Palm Springs shahrida bo‘lib o‘tgan  “Esri Developer Summit — 2024” konferensiyasida ishtirok etishgan edi. Ushbu konferensiya davomida olgan bilim va tajribalarini hamkasblariga taqdim etish maqsadida “O‘zbekkosmos” agentligi xodimlari uchun seminar tashkil etildi. 

Unda har bir ishtirokchi konferensiyada olgan bilimlaridan aniq misollar bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, ishtirokchilari ilg‘or sun’iy intellekt texnikasi va ularni kosmik sohada qo‘llashning turli jihatlari, jumladan, ilg‘or ArcGis texnikasi va uning tasvir tahlili, sun’iy intellekt tasnifi to‘g‘risida ma’lumotlar berishdi. 

Ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish bo‘yicha innovatsion yondashuvlar, jumladan, qidiruv-qutqaruv ma’lumotlari hamda katta ma’lumotlar va fazoviy tahlillar bilan ishlash uchun Geo-tahlil mexanizmi taqdim etildi. Seminar davomida agentlik mutaxassislari ko‘plab qimmatli bilimlarga ega bo‘lishdi.