“O‘zbekkosmos” agentligi delegatsiyasi AQSHda bo‘lib o‘tgan “Satellite – 2024” konferensiyasida ishtirok etishdi

Sana: 09.04.2024

Ushbu konferensiyada yangi kosmik texnologiyalar va innovatsiyalar namoyish etildi. Delegatsiya a’zolari yerni masofadan zondlash va telekommunikatsiya, sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari bo‘yicha tajriba va bilimlarga ega bo‘lishdi. Konferensiya nafaqat mintaqaviy delegatlar va kosmik soha yetakchilarini, balki xalqaro yetuk mutaxassislarni ham bir joyga jamladi. 

Ushbu tadbir mintaqada kosmik tadqiqotlarni rivojlantirish va yangi texnologiyalarni ilgari surish uchun yangi hamkorlik loyihalari va imkoniyatlarga zamin yaratadi.

“Satellite – 2024” konferensiyasi va ko‘rgazmasida ishtirok etgan “O‘zbekkosmos” agentligi delegatsiyasi a’zolari yanada ko‘proq tajribaga ega bo‘lishdi. Bu esa, o‘z navbatida, davlatimiz manfaatlari uchun yangi kosmik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish imkonini beradi.