• Агентство космических исследований и технологий при Кабинете Министров Республики Узбекистан
Endilikda “O‘zbekkosmos” agentligi bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan xorijiy hamkorlar haqida ma’lumotlar berib boramiz.

Sana: 05.06.2024

 

Bugun sizlarni kosmik suratlarni taqdim etish bo‘yicha hamkor – Planet Labs kompaniyasi bilan yaqindan tanishtirami

 

Planet Labs – Yerni kosmosdan kuzatishga ixtisoslashgan Amerika xususiy kompaniyasi hisoblanadi. U 2010 yil dekabr oyida NASA'ning sobiq olimlari: Kris Boshausen, Rob Zomer va Uill Marshall tomonidan asos solingan. Ular o‘z oldiga ulkan maqsad qo‘yishadi hamda o‘z mashina garajlarida ustaxona ochishadi. NASAdagi ish faoliyatini yakunlab, Yerni kundalik tasvirlash uchun kichik, nisbatan arzon sun’iy yo‘ldoshlarni yaratish g‘oyasini amalga oshirishni boshlashadi.

 

Bugungi kunda ularning Planet kompaniyasi 200 ga yaqin sun’iy yo‘ldoshlar parkiga ega bo‘lib, ular har kuni millionlab fotosuratlar olib, Yer faoliyatini kuzatib boradi. Planet Labs kompaniyasi Yer yuzasizining yuqori darajada tasvirlarini olish uchun foydalaniladigan “Dove” deb nomlangan kichik sun’iy yo‘ldoshlarni ishlab chiqqan.

 

Planet kompaniyasining vazifasi – Yer yuzasini tez va to‘liq qamrab olishni taʼminlashdan iborat. O‘z sunʼiy yo‘ldoshlari yordamida kompaniya har kuni sayyoramizning barcha qismlarini suratlarga oladi, bu esa operativ tartibda o‘zgarishlarni kuzatish imkonini beradi. U qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, yer munosabatlari, tabiiy ofatlar monitoringi va iqlim o‘zgarishi kabi turli maqsadlarda qo‘llaniladi.

 

“Dove” sun’iy yo‘ldoshlari yuqori aniqlikdagi tasvirlarni (bir piksel uchun 3-5 metrgacha) olish uchun ilg‘or optik tizimlardan foydalanadi. Ularning Yerning past orbitalarida ishlashi ma’lum bir hududning tasvirlarini tezda yangilash imkonini beradi.

 

Planet Labs o‘z texnologiyasini takomillashtirish va sun’iy yo‘ldosh turkumi imkoniyatlarini kengaytirish ustida doimiy ish olib bormoqda. Kompaniya, shuningdek, orbitadan olingan ma’lumotlarni aniqroq va samaraliroq tahlil qilish uchun sun’iy intellekt va mashinani o‘rganishga asoslangan tahliliy vositalarni ishlab chiqishga sarmoya kiritmoqda.