Sana: 12.08.2024
Prezident imzolagan yangi qonunda “O’zbekkosmos”ning ishtiroki qanday?
Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari 10 milliondan ziyod aholi hayotiga daxldor bo’lgan “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjat bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin. https://president.uz/oz/lists/view/7443
Yer va mulklarga nisbatan huquqlar e’tirof etilgan, 6 ta bob va 35 ta moddadan iborat mazkur qonunda “O’zbekkosmos” agentligiga ham bir qator muhim vazifalar yuklatilgan:
Xususan, agentlik 2018-yil 1-may kuniga qadar qurilgan bino va inshootlarning haqiqatdan shu muddat oralig’ida barpo etilganligini kosmik suratlarini tahlil qilgan holda aniqlaydi. Bu orqali 2018 – yildan keyin qurilgan obyektlarni uddaburonlik bilan rasmiylashtirib olish kabi noqonuniy holatlarning oldi olinadi.
“O’zbekiston 24” telekanali tomonidan tayyorlangan maxsus reportajni “UzKosmos Media” YouTube kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.
“O’zbekkosmos” agentligi Axborot xizmati!