• Агентство космических исследований и технологий при Кабинете Министров Республики Узбекистан
NASA SPACE APPS CHALLENGE 2024 - ARIZALAR QABULI BOSHLANDI!

Sana: 21.08.2024

NASA SPACE APPS CHALLENGE 2024 - ARIZALAR QABULI BOSHLANDI!

Toshkentda o'tkaziladigan NASA Space Apps Challenge 2024 bilan yangi imkoniyatlar dunyosiga sho'ng'ing!

O'zbekkosmos Agentligi 2024-yil 5-6-oktabr kunlari Toshkentda bo'lib o'tadigan ushbu nufuzli xalqaro xakatonga arizalar qabuli boshlanganligini e'lon qiladi, 

NASA Space Apps Challenge loyihasi o’z ichiga kosmonavtika va ma'lumotlarni qayta ishlashdan tortib, geologiya, astronomiya va STEM yo’nalishida bo'lgan keng ko’lamli mavzularni qamrab oladi. Bu loyiha o'z iste'dodingizni namoyon qilishingiz va eng noyob g'oyalaringizni amalga oshirishingiz uchun ajoyib imkoniyatlar yaratib beradi!

Nima uchun ishtirok etish kerak?

- NASA ning eng dolzarb muammolari ustida ishlash orqali bilimingizni yanada oshiring va ijodiy fikrlashni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’ling
- Xalqaro kosmik hamjamiyatda tajribaga boy bo’lgan aloqalarni o’rnatish imkoniyatini qo’lga kiriting
- Eng asosiysi! Ishtirok etish mutlaqo bepul!

Muhim sanalar:

- Loyihada ishtirok etish uchun 2024-yil 21-sentyabrgacha ro’yxatdan o’ting
- Tanlovdan muvoffaqiyatli o'tgan ishtirokchilar ro'yxati 2024-yil 28-sentyabr kuni e'lon qilinadi

Kosmik soha qiziquvchilari jamoasiga qo'shiling va koinot sanoati rivojiga o'z hissangizni qo'shing!

Ishtirok etish uchun:

- NASA ning rasmiy veb-sahifasida ro'yxatdan o'ting: https://www.spaceappschallenge.org/nasa-space-apps-2024/
- Tayyor jamoalarga qo’shiling yoki yangi jamoa shakllantiring:
- Loyihada ishtirok etish uchun mahalliy ro'yxatdan o'ting: https://www.spaceappschallenge.org/nasa-space-apps-2024/2024-local-events/tashkent/
- Ishtirok etish arizasini to'ldiring: https://airtable.com/appXYIEISP740BHau/pagEyTRQDvwFsfK2S/form

Imkoniyatingizni qo'ldan boy bermang! Sizni Toshkentda bo'lib o'tadigan NASA Space Apps Challenge 2024 da kutamiz.

Yangiliklarni ushbu havolalar orqali kuzatib borishingiz va biz bilan doimo aloqada bo'lishingiz mumkin:
Savol-javoblar uchun: https://t.me/NASAHackUzChat
Yangiliklarni kuzatish uchun: https://t.me/NASASpaceAppsTashkent