Sana: 12.09.2024
“Oʼzbekkosmos” agentligi barcha jurnalist va blogerlarni MDH Davlatlararo kosmik kengashining beshinchi yigʼilishiga taklif etadi!
Joriy yilning 19 - sentabr kuni Toshkent shahrida “Oʼzbekkosmos” agentligi tashabbusi bilan MDH Davlatlararo kosmik kengashining beshinchi yigʼilishi boʼlib oʼtadi. Unda Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Аrmaniston, Qozogʼiston va Tojikiston Respublikalarining kosmik sohadagi vakillari ishtirok etishadi.
Konferensiyada kosmik mahsulotlar va xizmatlarni taqdim etish, ulardan foydalanish boʼyicha davlatlararo hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish, gidrometeorologiya va iqlimshunoslikda yerni masofadan zondlash boʼyicha oʼzaro maʼlumotlar almashish, bu borada qoʼshma loyihalarni amalga oshirish kabi koʼplab masalalar muhokama etilishi rejalashtirilgan.
Manzil: "Frankfort" mehmonxonasi
Roʼyxatdan oʼtish: @Nodirbek_Mukimov
Tadbirning boshlanish vaqti: 09:00