Sana: 08.12.2024
Bosh qomusimiz qabul qilingan kun muborak!
"O'zbekkosmos" agentligi sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi bilan samimiy tabriklaydi.
1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan mazkur hujjat davlat tuzilishining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi, har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini kafolatlaydigan asosiy hujjatdir.
Har birimiz Konstitutsiya tamoyillariga amal qilib, yanada adolatli, farovon va barkamol jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shaylik.