Sana: 10.12.2024
“O‘zbekkosmos” agentligi rahbariyati va xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o’zlari istiqomat qilayotgan mahalla hududiga mevali va manzarali daraxt ko’chatlarini ekishdi.
Asosiy maqsad yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, bizdan keyingi avlod ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun tabiatga mehr va eʻtibor berish, kelajak avlodga munosib ekologik sharoit yaratishdir. Zero, “Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas”.