• Агентство космических исследований и технологий при Кабинете Министров Республики Узбекистан
“O‘zbekkosmos” Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikni muhokama qildi!

Sana: 11.12.2024

Kosmik texnologiyalarni qo‘llagan holda mamlakatning ijtimoiy - iqtisodiy tarmoqlari uchun muhim ma’lumotlarni taqdim etayotgan “O‘zbekkosmos” xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirib kelmoqda. Xususan, agentlik vakillari kosmik bozorda 1992-yildan buyon ishlab kelayotgan va orbitada o’zining 40 ta yerni kuzatuvchi sun'iy yo'ldoshlariga ega “China Siwei” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o’tkazishdi.

Unda asosiy e’tibor yerni masofadan zondlash texnologiyalarini yanada takomillashtirish, kosmik suratlar va geoaxborot (GIS) tizimlari bo’yicha o‘zaro hamkorlikka qaratildi.

Qayd etish lozim, “China Siwei” kompaniyasi geodeziya, kartografiya, energetika, infratuzilma monitoringi, qishloq xo'jaligi, tabiiy resurslarni rivojlantirish, aqlli shaharlar, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy ofatlarni boshqarish kabi ko’plab yo’nalishlarda geofazoviy yechimlarni taqdim etadi.

“O‘zbekkosmos” agentligi Axborot xizmati